Strelkov-Girkinga koloniyadan urushga jo‘nash bo‘yicha ikki marta rad javobi berildi

Jahon 11:53 / 12.09.2024 2530

Donetskdagi rossiyaparast ayirmachilarning sobiq qo‘mondoni Igor Strelkov (Girkin)ga Ukrainadagi urush uchun koloniyani tark etishga ruxsat berilmadi. Bu haqda uning rafiqasi Miroslava Reginskaya 11 sentabr, chorshanba kuni Telegram-kanalida yozdi.

U Strelkovning ikkita xatidan olingan ma’lumotga ishora qildi, ulardan biri, Reginskaya so‘zlariga ko‘ra, tarafdoriga, ikkinchisi esa o‘ziga yuborilgan. Strelkovga ko‘ra, koloniyaga kelgan harbiy xizmatchilarga frontga jo‘natish iltimosi bilan murojaat qilgan, lekin ikki marta ariza bera olmagan. «Bizga polkovniklar kerak emas» degan mulohaza bilan unga rad javobini berishgan, deydi sobiq bo‘lginchilar qo‘mondoni.

«Harbiy kommisariat vakili meni chetlab o‘tyapti»

«Harbiy kommisariat vakili meni chetlab o‘tyapti», dedi Igor Strelkov. SHOT Telegram-kanali 6 sentabr kuni separatistlar sobiq qo‘mondoni go‘yoki «maxsus harbiy operatsiyaga» ketayotgani haqida xabar berdi. Iyul oyida Miroslava Reginskaya Strelkov Rossiya Federatsiyasining Kirov viloyati Kirovo-Chepetskdagi 5-sonli koloniyaga o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ushbu axloq tuzatish muassasasida sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari jazoni o‘tamoqda. Masalan, «Meduza» muxbiri Ivan Golunovga giyohvand moddalar tashlab qo‘ygan sobiq politsiyachi Igor Lyaxovets va Rosgvardiya direktorining sobiq o‘rinbosari, general-leytenant Sergey Mileyko shu yerda saqlanmoqda. 

«FSB» sobiq xodimi va «DXR»dagi sobiq qo‘mondon

«FSB» sobiq zobiti Igor Strelkov (Girkin) 2014 yil aprelidan Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilar qurolli kuchlariga qo‘mondonlik qilgan va o‘sha yilning may oyidan avgustigacha o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR»ning «mudofaa vaziri» bo‘lib ishlagan.

2022 yilda Strelkov Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushini qo‘llab-quvvatladi, lekin uning fikricha, yetarlicha radikal harakat qilmagan Rossiya Federatsiyasi rahbariyatini keskin tanqid qildi. 2023 yil iyul oyida jinoiy javobgarlikka tortilishiga Strelkovning Telegram-kanalidagi postlari sabab bo‘lgan. 2024 yil yanvar oyi oxirida u ekstremizmga da’vat qilishda aybdor deb topilib, to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Haaga sudi MH17 ishi bo‘yicha Strelkovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi 

Avvalroq Igor Strelkov Niderlandiyada sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Bu qaror 2022 yil noyabrida Haaga okrug sudi tomonidan 2014 yilda Donetsk viloyatida Rossiyaning «Buk» ZRK tomonidan urib tushirilgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining «Boing» samolyoti halokati bo‘yicha qabul qilingan. Ushbu hodisa natijasida 298 kishi halok bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: