Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston prezidentining joriy yil 6-7 iyun kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentga tashrif buyurdi.
Ikki tomonlama muzokaralar hamda tashqi siyosat, huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus xizmatlar rahbarlarining qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mamlakatlar yetakchilarining qarorlarini amalga oshirish, xavfsizlik uchun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda o‘zaro muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Bunday formatdagi uchrashuvlar ilk bor o‘tkazilmoqda hamda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.