Rossiyada og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Jahon 14:08 / 12.09.2024 4462

Rossiyada 2024 yilning yanvaridan avgustigacha so‘nggi 13 yil ichida rekord darajadagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar qayd etildi, deb xabar berdi 11 sentabr, chorshanba kuni «Vyorstka» nashri Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi statistik ma’lumotlariga tayanib. 

Jami 403 537 ta shunday jinoyatlar aniqlangan (statistik ma’lumotlarga Ukrainaning Rossiya nazoratidagi hududlari ham kiritildi), eng katta o‘sish Moskva oblasti, Krasnodar o‘lkasi va Rostov viloyatida qayd etilgan.

Ekspertlar fikri

Ichki ishlar vazirligi ilmiy-tadqiqot instituti jinoyatchilikning keskin o‘sishini taxmin qildi. Institut mutaxassislari hatto so‘nggi 15 yil ichida rekord darajani kutishgan va buni bir qator omillar, jumladan, Ukrainadagi urushdan sobiq mahbuslarning qaytishi va qurol-yarog‘ qora bozori o‘sishi bilan izohlashgan.

Ommaviy axborot vositalarida Ukrainaga qarshi urushdan qaytganlar tomonidan sodir etilgan og‘ir jinoyatlar, jumladan qotillik va zo‘rlashlar haqida muntazam xabarlar tarqalmoqda. Bunday yuzlab holatlar haqida ma’lumot berilgan. Ushbu jinoyatlar tufayli yuzaga kelgan jamoatchilik noroziligi Kremlni o‘z nazorati ostidagi jurnalistlarga bunday voqealar haqida xabar bermaslikni tavsiya etishga majbur qildi.

Mart oyida Rossiya Davlat dumasi qonun loyihasini qabul qildi, unga ko‘ra harbiy xizmat uchun shartnoma tuzganlar kichik va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari jinoyat sodir etganlikda ayblangan urush qatnashchilari Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan afv etish bilan jazodan ozod qilinardi.

Ko‘proq yangiliklar: