O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln dollarga 10 542 ta elektromobil import qilgan.
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Xitoy – 10 477 ta;
- Hongkong – 14 ta;
- Germaniya – 11 ta;
- BAA – 10 ta.