Tojikiston muftiysi hujumga uchradi

Jahon 22:35 / 11.09.2024 16993

Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda masjid yaqinida hujumga uchradi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun soat 17:20 da bezori bir erkak namozdan keyin Dushanbe shahridagi markaziy masjid yaqinida ulamolar raisiga sanchuvchi-kesuvchi qurol bilan jarohat yetkazib, jamoat tartibini buzdi», — deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi shaxs ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan zudlik bilan qo‘lga olingan. Abduqodirzoda yengil tan jarohati olgan va shifokorlar tekshiruvidan keyin unga uyiga ruxsat berilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saidmukarram Abduqodirzoda —1963 yilda Ko‘lob viloyatida tug‘ilgan, 2010 yildan beri Tojikiston muftiysi lavozimida faoliyat yuritib keladi, falsafa fanlari nomzodi.

Ko‘proq yangiliklar: