O‘zLiDep mehnat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqdi

O‘zbekiston 20:11 / 11.09.2024 5207

Joriy yilgi saylovlarda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar tomonidan muhim tashabbuslarning ilgari surilishi bo‘lajak saylovlarning qizg‘in kurashlar ostida kechishini ta’minlaydi. Jumladan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi xususiy sektordagi ish beruvchilarni mehnat qonunchiligidagi xodim oldidagi majburiyatlarini soddalashtirish tashabbusini ilgari surmoqda.

Foto: O‘zLiDep 

Xususiy sektor ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish orqali iqtisodiyotni rivojlantiradi. 2023 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami ishga joylashgan xodimlar soni 5,5 mln nafarni tashkil etadi, shundan, davlat tashkilotlarida 2,2 mln, xususiy sektorda esa 3,3 mln kishi band bo‘lgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, xususiy jabhadagi ish beruvchilar uchun mehnat qonunchiligidagi talablarni soddalashtirish va amaliy yechimlar berish muhim ahamiyatga ega.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 25-moddasida ish beruvchining 19 ta majburiyatlari ko‘rsatilgan. Qonunchilikdagi murakkablik va tomonlarning uni to‘g‘ri tushunmasligi xususiy sektordagi ish beruvchilar uchun muammolar tug‘dirmoqda. Bu murakkabliklarni bartaraf etish uchun qonunchilikda belgilangan ish beruvchining majburiyatlarini xususiy sektordagi ish beruvchilar manfaatlari yo‘lida soddalashtirish lozim.

Xususiy sektordagi ish beruvchilarni mehnat qonunchiligidagi xodim oldidagi majburiyatlarini soddalashtirish ham ish beruvchilar, ham xodimlar uchun foydalidir. Mehnat qonunchiligining aniq va tushunarli bo‘lishi xususiy sektorning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Ko‘proq yangiliklar: