Muzokaralar natijasida shu yilning 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida Harrow School maktabi vakillarining ishtirokini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
1572 yilda Britaniya qirolichasi Yelizavetta I tomonidan tashkil etilgan Harrow School Iton kolleji kabi mamlakatdagi o‘quvchilarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab beradigan eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi.
Maktab bitiruvchilari kelajakda o‘z sohalarining malakali mutaxassislari bo‘lib yetishib, o‘z yo‘nalishlarida yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Ular orasida Britaniyaning bir qator sobiq bosh vazirlari, shu jumladan Uinston Cherchill, Hindiston sobiq bosh vaziri Javoharlal Neru, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqalar kabi taniqli davlat arboblari bor. Hozirgi kunda maktabda 850 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning 20 foizini chet el fuqarolari tashkil etadi.