Ahvol og‘ir mahallalar va eng kambag‘al oilalar amaldorlarga biriktiriladi

O‘zbekiston 18:03 / 11.09.2024 6070

Tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”, – dedi prezident.

Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 mlrd dollar ajratiladi.

Bu mablag‘larning 1,2 trillion so‘mi, avvalo, eng og‘ir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari o‘rnatishga beriladi. Yana 2 trillion so‘m hisobidan eng og‘ir 500 ta mahallada elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, o‘rinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng og‘ir mingta mahalla bog‘lab beriladi.

Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: