Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
Yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bo‘yoq zavodida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy izoh berdi.
“Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexi binosida chiqqan yong‘in haqida 10 sentabr, soat 14:15 da viloyat FVBga xabar berilgan.
“Yong‘in o‘chirish ekipajlari tezkorlik bilan yetib borishgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025