«Mana qizil chiroqda o‘tgan iplos sho‘pir, shuni qarg‘anglar» - Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i

O‘zbekiston 11:22 / 10.09.2024 17286

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abdunabi Nosirovning yo‘llardagi qoidabuzarliklar haqida o‘tkazgan majlisi videolari tarqaldi.

«Hozirgi bor kuchimiz bilan ishlayapmiz, mana maktablarga boradi. Ko‘proq YTH sodir bo‘lsa jo‘natamiz, muhokama qilamiz. Mana shaharda Chor-guzardagi 10-maktab 3 marta internetda chiqdi. Men o‘zim bordim. O‘sha yerda sun’iy do‘nglik qilib berdik.

Keyin o‘sha joyda bitta tajriba qildik. Xodim qo‘ydim, o‘sha joyda qizil chiroqda o‘tgan shopirni olib, ertalab «lineyka»ga olib bordim. Hamma bollarni chaqirib, «mana kecha qizil chiroqda o‘tgan iplos shopir, mana shu qarg‘anglar, deb o‘qituvchilar bilan… Mana shu maktabda. Qizilda o‘tadimi, 2-3 tani (haydovchini) olib, ertalab lineykasiga olib boraman-da… Direktor, o‘qituvchi hammasi opa ekan, ayol kishilar. Men o‘zim ham borganman.

Yana yangi Andijondan chiqishda 54-maktab ham bor ekan, 1-maktab mana hozir rejalashtirilyapti… [direktori] erkak kishi, ochkilik… Shuning uchun mana shunaqa holatlar bo‘lsa, o‘zim erinmasdan boraman, o‘zim tashkil qilaman. O‘sha Chor-guzardagi maktabda shunaqa qilib 3-4 kun olib chiqdik [ haydovchilarni ], ancha kamaydi. Ko‘rgan bo‘lsangizlar qarama-qarshi yo‘nalishda keladi damaschilar. Endi pulni orqasidan quvib, uyoqdan o‘tadi, buyoqdan o‘tadi. Nechta bolachalarni urib ketdi», deya polkovnik Abdunabi Nosirovning so‘zlarini keltirmoqda Vodiy1.uz nashri.

Ko‘proq yangiliklar: