Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 39 mlrd dollarga yetdi. Bu – rekord ko‘rsatkich
O‘zbekistonning zaxira aktivlari avgust oyida 1,75 mlrd dollarga oshib, 1 sentabr holatiga 39,15 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon zaxiralar qiymati 4,6 mlrd dollarga yoki 13,3 foizga oshgan.

Foto: Reuters / Alexander Manzyuk
1 sentabr holatiga, O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 39,15 mlrd dollarga yetdi. Tegishli ma’lumot Markaziy bank saytiga joylangan.
Oltin-valuta zaxiralarining joriy qiymati – ma’lumotlar ochiqlana boshlagan 2018 yildan keyingi davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.
Avgust oyida xalqaro aktivlar qiymati 1,75 mlrd dollarga yoki taxminan 4,7 foizga oshgan. Iyuldagi o‘sish 1,06 mlrd dollarga teng bo‘lgandi.
Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y bergan. Avgust oyi davomida rasmiy zaxiralardagi oltinning sof fizik hajmi 12,1 troya unsiyadan 12 troya unsiyaga kamaygan bo‘lsa-da, jahon bozorida bu qimmatbaho metallning narxi sezilarli oshgani hisobiga, zaxiralarning oltin qismi qiymati bir oyda 1,24 mlrd dollar yoki 4,4 foizga ko‘payib, 30,39 mlrd dollarga yetgan.
2024 yil boshidan buyon jahon bozorida oltin 20 foizga qimmatlashdi. O‘tgan oyda standart oltin quymasining narxi tarixda birinchi marta million dollardan oshdi. O‘zbekiston iyun-iyul oylarida jahondagi eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlardan biri bo‘lgandi.
Xorijiy valutalardagi zaxira aktivlar avgustda 7,68 mlrd dollardan 8,19 mlrd dollargacha (+503,1 mln dollar) ko‘paygan. Naqd valuta va depozitlarning 7,7 mlrd dollarlik qismi xorijiy banklarga (+450 mln dollar), 408 mln dollarlik qismi xorijiy markaziy banklar, Xalqaro valuta jamg‘armasi va Xalqaro hisob-kitoblar bankiga (+54 mln dollar) joylashtirilgan.
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan beri 4,59 mlrd dollarga yoki 13,3 foizga oshdi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

21:57 / 08.07.2025