Rossiya televideniyesida uzoq yillar davomida KVN (Quvnoqlar va zukkolar teleshousi) boshlovchisi bo‘lgan Aleksandr Maslyakov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda dastur kanali xabar berdi.
«U KVN harakatining barcha ishtirokchilari va millionlab tomoshabinlar uchun afsona bo‘lib qoladi. 1964 yildan beri u Rossiyada va xorijda hazil va satira timsoliga aylangan KVN dasturini olib borgan edi», deyiladi xabarda.
Maslyakov 1964 yildan beri KVN doimiy boshlovchisi bo‘lgan. Bundan tashqari, 1970-1980 yillarda Maslyakov «Allo, my ishchem talanty», «A nu-ka, devushki», «A nu-ka, parni» va boshqa ko‘plab teledasturlarni olib borgan. 2018 va 2024 yillarda Maslyakov prezidentlik saylovida Vladimir Putinning ishonchli vakili bo‘lgan.
2022 yil fevral oyida Maslyakov koronavirus bilan kasallanib, KVN mavsumining dastlabki ko‘rsatuvlarini o‘tkazib yubordi. Keyinchalik u yana bir necha bor boshlovchilik qildi, ammo baribir dasturni tark etdi. 2024 yil aprel oyida Maslyakovning o‘pkasida kovidning asorati sifatida operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘sma paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. So‘ngra u KVN dasturini butunlay tark etdi.