Turkiyaga chiqib ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022 yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan, 1999 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Norsaidov Doston O‘ktam o‘g‘li qidirilmoqda.
U to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com orqali xabar berish so‘raldi.