«Starliner» kosmik kemasi uch oylik kechikish bilan Yerga qaytdi
Kema nosozlik tufayli Yerga ekipajsiz qaytdi. Astronavtlar yana 5 oy fazoda qoladigan bo‘ldi.

Foto: NASA
Boeing kompaniyasining «Starliner» kosmik kemasi 7 sentabrga o‘tar kechasi Xalqaro kosmik stansiyadan (XKS) ajralib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bu haqda NASA xabar berdi. Kema bortida ekipaj bo‘lmagan.
«Starliner» 5 iyunda uchirildi va ertasi kuni kema XKS bilan tutashdi. Kema bortida astronavtlar Batch Uilmor va Sunita Uilyams bo‘lgan. Kema va uning ekipaji 8 kundan keyin Yerga qaytadi deb taxmin qilingan edi, biroq parvoz vaqtida dvigatel tizimida muammo yuzaga keldi. Ushbu nosozlik tufayli «Starliner» ekipajining Yerga qaytishi xavfli deb topildi.
Astronavtlarning qaytishi 2025 yilning fevraliga qoldirildi. Ularni SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi olib ketadi.
«Starliner» kemasi Boeing uchun Xalqaro kosmik stansiyaga birinchi parvoz bo‘ldi.
Mavzuga oid

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

16:41 / 08.03.2025