F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Safiya Burxanova 14.12 metr natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
E’tiborlisi, 33 yoshli atlet Rio-2016da ham kumush, Tokio-2020da esa oltin medal sohibiga aylangandi.
Shu tariqa 2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning medallari 18 taga yetdi — 8 oltin, 6 kumush, 4 bronza.