Qozog‘istonda vebkam rasman taqiqlandi

Jahon 22:28 / 06.09.2024 6179

Tengrinews xabariga ko‘ra, o‘zgartirishlar 5 iyul kuni imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksiga yangi tushuncha - «shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlar» kiritilmoqda.

«Shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlar deganda, daromad yoki mulkiy foyda olish maqsadida boshqa shaxsning shahvoniy ehtiyojini (ehtirosini) qondirishga qaratilgan harakatlarni, shu jumladan real vaqt rejimida telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan Internet orqali amalga oshirish tushuniladi», deyiladi Jinoyat kodeksida.

Endi «shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlar» deganda foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan va boshqa shaxsning shahvoniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi. Bunga Internet orqali masofadan turib, masalan, videotranslatsiya orqali taqdim etiladigan xizmatlar kiradi. Jinoyat kodeksining bir necha moddalari ushbu ibora bilan to‘ldirilgan.

Vebkam (veb-kamera) - bu odamlar real vaqt rejimida video translatsiya qiladigan faoliyat. Ushbu o‘zgarishlar kontekstida veb-kamera Internet orqali shahvoniy xizmatlarni taqdim etishni anglatadi, bunda model foydalanuvchilarning iltimosiga binoan kamera oldida shahvoniy harakatlarni amalga oshiradi.

2023 yilda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan model agentligi niqobi ostida pornografik kontent tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullangan yirik jinoiy guruhga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazildi. Jinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali qozog‘istonlik yosh qizlarni o‘z safiga qo‘shib, oyiga 2 million tenge maosh va to‘liq maxfiylikni va’da qilgan. Qizlar ishlashdan bosh torsa, ularga bosim, shantaj va jarima solingan.

Guruhdagi rollar aniq taqsimlangan: tashkilotchilar, yollovchilar, ma’murlar, IT mutaxassislari va buxgalterlar. Oxirgi besh yil ichida jinoiy tashkilotning aylanmasi 3 milliard tengedan oshgan. Politsiya Ostona, Olmaota, Chimkent, Aqto‘be va Qarag‘andada kechayu-kunduz intim xarakterdagi onlayn translatsiyalar olib boriladigan 79 ta ofis va kvartirani aniqladi. Operatsiya natijasida 118 kishi qo‘lga olingan edi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi:

- shaxslarni, shu jumladan voyaga yetmaganlarni shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlarni kursatishga jalb etish, shuningdek bu maqsadlarda qo‘shmachilik qilish;

- fohishabozlikni targ‘ib qilish va (yoki) reklama qilish, ushbu faoliyatga jalb qilish maqsadida shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlar, shuningdek qo‘shmachilik maqsadida;

- telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan internetdan foydalangan holda fohishalik uylarini tashkil qilish yoki saqlash, shahvoniy xarakterdagi boshqa xizmatlarni ko‘rsatish va qo‘shmachilik qilish.

Ko‘proq yangiliklar: