Parij Paralimpiadasida O‘zbekistonning oltin medallari 8 taga yetdi.
Para yengil atletikada yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija bilan Paralimpiada rekordini o‘rnatdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
E’tiborlisi, delegatsiya bayroqdori 3 karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi. Norbekov bungacha Rio-2016 va Tokio-2020da ham tengsiz bo‘lgandi.
O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 17 taga yetdi — 8 oltin, 5 kumush va 4 bronza.