Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Kattaqo‘rg‘on, Past Darg‘om va Baliqchi tumanlari hamda Andijon va Jizzax shaharlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on va Past Darg‘om tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “F.Z.” fermer xo‘jaligi rahbari G.X. hamda YaTT E.N. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 217,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi departamentning Andijon shahri va Baliqchi tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.K. va “S.V.” MChJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida o‘zlariga tegishli savdo do‘konlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 214,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. yashash xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulanib, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, jami 151,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

16:02 / 19.05.2025
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi

10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

08:07 / 10.04.2025