Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng uzun Nil daryosi uzra qayiqda sayr va fir’avnlar ibodatxonalari – afsonaviy Luksordan fotoreportaj
Asialuxe Travel Hurgadaga sayohat qiluvchilar qadimgi Misr atmosferasini his qilishlari uchun fir’avnlar barpo qilgan Luksor ibodatxonasiga tur tashkil qilgan. Yelkanli kemalarga to‘la Nil daryosi uzra yog‘och qayiqda haqiqiy ertaklar olamida sayr qilganday bo‘lasiz.
Misrga sayohat qiluvchilarning birinchi tanlagan yo‘nalishi Misr piramidalarni ko‘rish uchun Qohira bo‘ladi. Lekin Luksorda piramidalar va sfinkslar bo‘lmasa-da, u 4000 yil oldin barpo qilingan qadimiy yodgorliklar va dunyodagi saqlanib qolgan ibodatxonalarning uchdan bir qismiga ega.
Asialuxe Travel turoperatori o‘zbekistonliklar uchun yangi sayohat yo‘nalishini ochdi. Hurgada – qizil dengiz bo‘yidagi go‘zal kurort shahar. Asialuxe Travel sayohat qiluvchilarga faqatgina dengizdan zavqlanish uchun sharoit yaratibgina qolmay, qadimgi Misr atmosferasini his qilishlari uchun ham yordam beradi. Siz Hurgadaga sayohat davomida yo Qohiraga, yoki Luksorga tur uyushtirishni tanlasangiz bo‘ladi.
Kun.uz jamoasi Hurgadaga safar chog‘ida Luksorda bo‘lib, u yerdan fotoreportaj tayyorladi. Hurgada Misrning boshqa kurort shaharlariga nisbatan Luksorga eng yaqin shahar hisoblanadi. Taxminan 3,5 soatlik yo‘l bosib, Luksor ibodatxonasiga yetib bordik.
Biz ikkita manzilda bo‘ldik: Karnak ibodatxonasi va Hatsepshut – o‘liklar ibodatxonasi.
Misrning sobiq diniy markazi bo‘lgan Karnakdagi ulkan majmuaga kirishda sfinkslardan iborat uzun xiyobondan o‘tasiz. Ramzes II tomonidan qurilgan kichikroq xiyobondan o‘tib, 134 ustundan iborat ochiq zalga kirasiz. Asosiy hovli uchta ibodatxonadan iborat. Ustunli zal Gipostil deb ataladi, ularga iyeroglif yozuvlari o‘yilgan. Fir’avnlar o‘zlariga atab iyerogliflar chizdirgan.
Hatshepsut – o‘liklar ibodatxonasi. Hatshepsut (miloddan avvalgi 1507-1458) fir’avn Tutmos II’ning rafiqasi va Misrning o‘n sakkizinchi sulolasining beshinchi fir’avni. Hatshepsut ibodatxonasi uning sharafiga barpo etilgan. Ibodatxona Nil daryosining sharqiy tomonidagi qoyalarga o‘yib ishlangan.
Nil uzra sayr. Yelkanli qayiqlar bilan bezatilgan Nil daryosi Luksorga o‘zgacha ko‘rk berib turadi.
Luksor shahri Nilning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgani sababli an’anaviy yog‘och yelkanli qayiqda sayr qilishingiz mumkin. Ushbu ekskursiya shabadani his qilish va quyosh botishini tomosha qilishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Madina Ochilova, Kun.uz
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

10:09 / 08.08.2025
Misr va Filippin S7'ning foydalanilmayotgan Airbus'larini olmoqchi

15:55 / 06.08.2025
Misr O‘zbekistonda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini o‘rganmoqda

18:30 / 03.08.2025
O‘rta Yer dengizi uzra maroqli sayr, afsonaviy qal’aga sayohat: Turkiyaning Alanya shahridan fotoreportaj

09:00 / 29.07.2025