Tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori berish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi

O‘zbekiston 22:58 / 04.09.2024 2485

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025 yil 1 yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif qilinmoqda.

Buning uchun 2024 yil yakuniga qadar «Elektron poliklinika» va «Elektron shifoxona» axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.

Ta’kidlanishicha, bu tizimda tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi. Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026 yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: