Antoniu Guterrish sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq xatarlardan ogohlantirdi

Jahon 23:26 / 03.09.2024 4179

Sun’iy intellekt jadallik bilan rivojlanib, odamlar sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatishga ulgurmasidan dunyoni o‘zgartirib yubormoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xitoyga tashrifi davomida o‘tkazilgan sun’iy intellekt bo‘yicha seminardagi chiqishida gapirib o‘tdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy inellekt Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish va kuchliroq, adolatli kelajakni ta’minlashga yordam beradi: u BRM erishishni qariyb 80 foizga tezlashtirishi mumkin.

«Biroq, biz og‘ir haqiqatga duch keldik: SI imkoniyatlari juda notekis taqsimlangan. Bugun sun’iy intellekt potensiali kam sonli davlatlar va kuchli kompaniyalar changalida jamlangan. Ko‘plab mamlakatlar SI instrumentlaridan foydalanishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Uning potensialidan haqiqatda foydalanish uchun xalqaro hamkorlik va birdamlik kerak», — deydi BMT Bosh kotibi.

Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, SI bilan bog‘liq xatarlarni oldindan aytib bo‘lmaydi: tegishli kafolatlarsiz sun’iy intellekt tengsizlikni yanada kuchaytirishi va nomutanosib ravishda eng zaif qatlamlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Global raqamli shartnomani imzolash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda — u Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan sammitda qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sentabrda SI bo‘yicha Oliy darajadagi maslahat organi bir qator muhim tavsiyalarni o‘z ichiga olgan yakuniy hisobotini e’lon qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: