Turkiya BRICSʼga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan bo‘lishi mumkin

Jahon 17:47 / 02.09.2024 2798

Bloomberg manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya 2005 yildan buyon a’zo bo‘lishga intilib kelayotgan Yevropa Ittifoqidan ko‘ngli qolgani, shuningdek, NATO bo‘yicha ittifoqchilar bilan ziddiyatlar hamda Anqaraning Moskva bilan saqlanib qolayotgan aloqalari fonida bir necha oy avval ariza topshirgan.

O‘tgan dam olish kunlarida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat «ham Sharq, ham G‘arb davlatlari bilan bir vaqtning o‘zida aloqalarini mustahkamlasa, kuchli, farovon, nufuzli va samarador bo‘lishi»ni ta’kidlagan edi. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bundan o‘zga har qanday yo‘l Turkiyaning «ziyoniga xizmat qiladi».  

BRICSʼga a’zolik Turkiyaning Rossiya va Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashi mumkin, degan agentlik hamsuhbatlari. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan yetkaziladigan tabiiy gaz uchun «eksport habi» bo‘lishni maqsad qilgan.

2006 yilda asos solingan BRICSʼga ayni vaqtda Braziliya, Rossiya, Xindiston, Xitoy, JAR, BAA, Eron, Misr va Habashiston a’zo. Shuningdek, Malayziya, Tailand va Ozarboyjon ham a’zolik uchun ariza bergan.

Tashkilotning kengaytirilishi masalalari muhokama qilinadigan BRICSʼning navbatdagi sammiti shu yilning 22-24 oktyabr kunlari Rossiyada bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: