F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, ikki karra chempionga aylandi.
E’tiborlisi, 23 yoshli sportchi Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordini yangiladi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 14 taga yetdi — 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.