O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtning 12 ta tumanida joylashgan istirohat va ko‘ngilochar bog‘larida xalq sayllari hamda ommaviy bayram tomoshalari bo‘lib o‘tadi.
Xususan:
- Bektemir tumanidagi Coca-cola Garden bog‘i;
- Mirobod tumanidagi “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i;
- Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Central Park;
- Sergeli tumanidagi Sergeli markaziy xiyoboni;
- Olmazor tumanidagi Beruniy maydoni;
- Uchtepa tumanidagi Eko Seul bog‘i;
- Chilonzor tumanidagi Dream Park istirohat bog‘i;
- Yunusobod tumanidagi “Uzekspomarkaz” maydoni;
- Shayxontohur tumanidagi “Navro‘z” bog‘i;
- Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” istirohat bog‘i;
- Yangihayot tumanidagi Green Park istirohat bog‘i;
- Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosining old maydoni.
Istirohat bog‘larida 2 sentabr kuniga qadar bayram tomoshalari rejalashtirilgan.
Har bir bog‘ ma’muriyati o‘zining imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tadbirlarni ham tashkil etadi. Bayram tomoshalari 18:00 dan so‘ng boshlanadi.