Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi

O‘zbekiston 07:48 / 31.08.2024 16086

2024 yilning iyun oyida ushbu tumanda joylashgan Kumushkon mahallasining shimolidagi fermer xo‘jaligiga olib boruvchi yo‘lning qurilishi jarayonida tasodifan qadimgi davrga oid qabr qoldiqlari aniqlangandi.

Qazishmalar davomida yo‘l ustida yer surish ishlari olib borilayotgan vaqtida hosil bo‘lgan o‘ra, aslida, yerosti dafn xonasi (katakomba) ekani aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda bulla (muhr) topildi.

Hozirgi vaqtda Madaniy meros agentligining moliyaviy ko‘magida hududda Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: