Quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Energetika vazirligi joriy yilda O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024 yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Bugungi kunda mamlakatning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Ushbu “yashil” elektr stansiyalar tomonidan 2024 yil 31 may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd kVt soat miqdorida, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd kVt soat miqdorida, 2024 yil 17 iyul soat 18:20 holatiga ko‘ra esa 2 mlrd kVt soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 677,8 mln kVt soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 322,2 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, ushbu ko‘rsatkichlar yil yakuniga qadar mazkur elektr stansiyalar va yangi generatsiya quvvatlari (“yashil” stansiyalar) hisobidan 5 mlrd 740 mln kVt soatga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025
Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

09:32 / 04.03.2025