Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarni ushbu davlatga nafaqat E-9 (noprofessional), balki E-8 (mavsumiy) hamda E-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.