Tadbirkor tovarlarining O‘zbekistonda erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanadi

Iqtisodiyot 18:39 / 30.08.2024 1228

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu sub’yektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Ko‘proq yangiliklar: