Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV mustaqillik bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlashi bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan bu yil o‘zbekistonliklar 31 avgust – 3 sentabr kunlari ketma-ket 4 kun dam oladi.
Xo‘sh, ushbu sanalarda tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlaydi? Fuqarolarga qaysi shifo maskanlarida qanday profilaktik-tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi? Sog‘liqni saqlash matbuot xizmati bu borada ma’lumot berdi.
Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida shtab tashkil etilgan.
Shuningdek, 31 avgust – 3 sentabr kunlari mamlakatdagi 1084 ta oilaviy poliklinika, 1251 ta oilaviy shifokor punkti, tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 178 ta aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
«Bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda tez tibbiy yordam xizmatining o‘rni beqiyos. Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 4 kunlik dam olish kunlarida mazkur soha egalari ham odatiy ish faoliyatini davom ettiradi.
Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakatimiz bo‘ylab 2 838 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimiy shay holatda.
Bundan tashqari, yurtimizdagi 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali esa tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tun-u kun javob olish mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Mustaqillik bayrami va dam olish kunlarida uzluksiz mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi», deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

11:04 / 12.07.2025
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti

09:50 / 11.07.2025
Prezident mustaqillikning 34 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror imzoladi

19:42 / 02.07.2025
SSV aholini jamoatchilik nazoratiga chorladi

18:32 / 20.05.2025