NATO Latviya va Litvadagi bazalarini kengaytirmoqda

Jahon 01:36 / 30.08.2024 3088

NATOning Latviyadagi ko‘p millatli brigadasi Adaji shahrida Kanada va Ispaniya tomonidan moliyalashtirilgan 7 million dollarlik yangi bazasini ochdi, deb xabar beradi Euronews.

Qayd etilishicha, bazaga zirhli texnikalar, chodirlar va texnik xizmat ko‘rsatish obektlari joylashtirilgan bo‘lib, u 2026 yilda to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.

Litva ham, shuningdek, 2026 yilgacha Rukladagi brigada infratuzilmasini kengaytirish ishlarini olib bormoqda. Nemis qo‘mondoni Xarald Gante Litva bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni e’tirof etib, ushbu baza ittifoqchilar harbiy texnikasiga xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Rukladagi qurilish ishlari reja bo‘yicha ketmoqda: yil oxiriga borib Litvaga 200 nafarga yaqin nemis askari yetib keladi, keyingi yilga borib esa ularning soni 800 nafarga yetadi. 2027 yilda brigada to‘liq ishga tushishi kerak.

NATOning Latviyadagi ko‘p millatli brigadasi tarkibiga Albaniya, Chexiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Latviya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Polsha, Slovakiya, Sloveniya va Ispaniya kuchlari kiradi, bundan tashqari, Shvetsiya ham ularga qo‘shilishi mumkin.

Mart oyida Latviya NATOga a’zoligining 20 yilligini nishonlagan edi. U 2002 yilda Bolgariya, Estoniya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya bilan birga alyansga qo‘shilishga taklif qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi fonida Finlandiya 2023 yilda NATOga qo‘shildi va shu bilan 75 yillik betaraflik davrini tugatdi. Natijada alyansning Rossiya bilan umumiy chegarasi ikki barobarga ortib, 2600 kilometrga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: