Holat 26 avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qirguzar” MFY Nazarbek temiryo‘li ko‘prigi ostida sodir bo‘lgan. Turkiston—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan 1990 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvidagi Damas'ning salon qismida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in natijasida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchi bo‘lmagan.
Ushbu yong‘in natijasida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.