Farg‘onada ochiqcha reyderlik – IIB fuqaroning tortib olingan mulkini qaytarib olib berolmayapti
Marg‘ilon shahrida mashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxs birovning mashinasini tortib olib, 9 oydirki yashirib kelmoqda. Fuqaroning o‘z nomidagi mulkini qaytarib olishga bo‘lgan harakatlari samara bermagan: mulkni egasiga qaytarib olib berishga hattoki IIBning ham “tishi o‘tmayapti”.

Fotokollaj: Kun.uz
Marg‘ilon shahrida ochiqchasiga reyderlik harakati sodir etilyapti: “moshinfurush” birovning nomida bo‘lgan mashinani tortib olib, yashirib kelmoqda. Kun.uz’ga murojaat qilgan mulk egasi IIBga bir necha bor murojaat qilganini, biroq foydasi bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.
Kun.uz’ga taqdim qilingan hujjatlarda ko‘rinishicha, fuqaro Nilufar Meliboyeva o‘rtalarida o‘zaro pul oldi-berdisi bo‘lgan tanishi F.O. orqali mashina savdosi bilan shug‘ullanuvchi Sh.A.dan Cobalt mashinasi sotib olgan. Avvaliga mashina puli kredit orqali qoplab berilgan. Keyinchalik bankdan olingan kredit summasi ham so‘ndirilgan.
Mashina notariusda oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, fuqaro Nilufar Meliboyeva nomiga to‘liq rasmiylashtirilgan.
Shu tariqa, sotib olingan Cobalt’dan Nilufar Meliboyevaning o‘g‘li foydalanib yurgan. Ammo 2024 yilning boshida “moshinfurush” Sh.A. fuqaro F.O. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro qarz oldi-berdisi uchun Meliboyevaning mulki hisoblangan Cobalt mashinasini tortib olib qo‘ygan.
Murojaatchiga ko‘ra, Sh.A. hozirgi kungacha mashinani yashirib, bermay kelmoqda.
“Nilufar Meliboyeva o‘z mulkini qaytarish uchun bir necha bor Marg‘ilon shahar IIBga yozma murojaat qildi. Ammo natija bo‘lmadi. Mashinani ko‘chada begona shaxslar haydab yurganiga ham bir necha bor guvoh bo‘ldik. Boshqa fuqaroning mulkini noqonuniy tasarruf etib yurgan bo‘lsa-da, Sh.A.ga nisbatan hech qanday qonuniy chora ko‘rilmayapti”, deydi mulk egasining ishonchli vakili
Mulk egasining murojaatlariga javoban Marg‘ilon shahar IIB tergov bo‘limi tergovchisi tomonidan “ushbu holatda hech bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q”ligi haqida javob xati berilgan xolos.
Shuningdek, fuqaro F.O. firibgarlikda ayblanib, jinoiy jazoga tortilgan. Sud majlisida Sh.A. o‘rtalaridagi qarz oldi-berdisi uchun fuqaro Nilufar Meliboyevaning mashinasi olib qo‘yganini e’tirof etgan. Sudda unga bu harakati noqonuniy ekani tushuntirilgan. Lekin shunda ham Sh.A. mashinani qaytarmagan.
Bundan tashqari, mashinani izlab topish bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘iga bir necha bor alohida topshiriq xati chiqarilgan. Ammo mashina Sh.A. tomonidan tortib olinib, yashirilganini barcha bilgan holda mashinani topish harakatlari amalga oshirilmagan.
Agar Sh.A.dan mashina egasi qarz bo‘lgan taqdirda ham bu sud orqali hal qilinishi kerak edi: har qanday holatda birovning mulki zo‘ravonlik bilan tortib olinishi reyderlikdan boshqa narsa emas.
Ushbu holatda Sh.A.ning harakatlarida eng kamida o‘zboshimchalikda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi tekshirilishi lozim. Binobarin Jinoyat kodeksining 229-moddasiga ko‘ra haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bu qilmish o‘zboshimchalik deya malakalanishi lozim. Bu kabi qilmish uchun qonunda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

09:43 / 16.06.2025
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi

16:20 / 09.06.2025
“Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi

23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

18:43 / 23.05.2025