Bank rahbari Uchquduq tumaniga hokim bo‘ldi 

O‘zbekiston 10:06 / 27.08.2024 5459

Elmurodov Uchqun Fayzullayevich Navoiy viloyati hokimining tegishli qarori bilan Uchquduq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchqun Elmurodov 1986 yilda Konimex tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2007 yildaToshkent moliya institutini hamda 2012 yilda   Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy biznes maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

2017 yil may oyidan buyon Uchquduq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Soli Hamroyev avvalroq prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli ishdan olingan edi.

Oldinroq viloyatning G‘ozg‘on shahiga ham yangi hokim tayinangandi.

Ko‘proq yangiliklar: