Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan yana bir kompaniya AQSh sanksiyasiga uchradi

Iqtisodiyot 15:35 / 26.08.2024 9149

AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador bo‘lgan 400 ga yaqin shaxs va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar kiritgani xabar qilingandi. Sanksiya qo‘yilgan kompaniyalar va jismoniy shaxslar Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda va uni Ukrainaga qarshi urushda foydalanilgan tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda yordam bergani keltirib o‘tilgan.

Sanksiyaga uchragan kompaniyalar qatoridan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Intheme Lab ham joy olgan.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Intheme Lab MChJ 2023 yilning 12 sentabrida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Kompaniya rasmiy ravishda veb-portallar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va o‘sha yilning 29 dekabridan boshlab IT Park rezidenti maqomini olgan.   

Kompaniyaning ustav kapitali 10 mln so‘mni tashkil etdi. 90 foiz ulushi Rossiyaning Intem Lab kompaniyasiga, qolgan 10 foiz ulushi esa asosiy kompaniya bosh direktori Mixail Igoshinga tegishli.

Avvalroq, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Mvizion kompaniyasi ham AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: