Uchrashuvda migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, mehnat migratsiyasini tashkil etishning asosiy jihatlari, ishchilarni tanlash va joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni yangi mamlakatda moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonga bir necha bor bo‘lganman va respublika menda nihoyatda ijobiy taassurot qoldirgan. O‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqori malakasi va mehnatsevarligi ularni xalqaro kompaniyalar uchun muhim hamkorga aylantirmoqda", dedi Zafer Arikan o‘g‘li.
Muzokaralar yakunida tomonlar migratsiya yo‘nalishida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish yuzasidan ahdlashib oldilar.