Muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini barcha jabhada faollashtirish va O‘zbekiston–Chexiya munosabatlari kun tartibini amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida tashkil etildi.
Tomonlar ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, O‘zbekistonda transport sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, hududlararo rivojlanish dasturlari doirasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori Martin Pospishil mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Chexiyaga tashrifi yakunlarini yuqori baholadi. Shuningdek, u O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlarining shu yil 8-11 oktyabr kunlari Brno shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro mashinasozlik yarmarkasida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi. Ushbu tadbir doirasida Chexiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbek va chex tadbirkorlari ishtirokidagi navbatdagi iqtisodiy tadbirni Chexiyada tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.