Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

Jamiyat 13:35 / 26.08.2024 2902

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da yo‘ldan adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda FVV xabar berdi.

25 avgust kuni soat 15:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani Chimyon mahallasi hududidagi Katta Chimyon tog‘iga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Fuqarolarning hech biri tan jarohati olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: