Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bolalarini maktabga berishda e’tiborli bo‘lishga chaqirildi

O‘zbekiston 17:31 / 25.08.2024 4496

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi vatandoshlarni bolalariga maktab tanlashda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

«So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlarning o‘zbek bolalariga mo‘ljallangan maktablar reklamasi tarqalmoqda. Bu maktablarda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘rgatilishi e’lon qilinmoqda. Ushbu o‘quv yurtlaridagi diniy darslar «Ahli sunna» aqidasi asosida ekani ta’kidlanishiga qaramay, ayrim o‘qituvchilardagi mo‘’tadil islomga zid e’tiqodiy qarashlarning ta’lim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatimizda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlarini so‘raymiz», deyiladi bayonotda.

Ko‘proq yangiliklar: