Rossiyalik sportchi qayig‘i to‘ntarilgan holda finishni kesib o‘tdi va chempion bo‘ldi

Sport 18:24 / 25.08.2024 36081

Rossiyalik sportchi Zaxar Petrov Samarqandda o‘tayotgan jahon chempionatida 500 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha chempion bo‘ldi.

Petrov poyga davomida peshqadamlik qildi, biroq marraga yaqinlashganda kanoesi ag‘darilib ketdi va sportchining o‘zi suvga quladi. Oqibatda u shunday holatda finishni kesib o‘tdi.

Hakamlar rossiyalik poygani yakuniga yetkaza olmaganini ta’kidlab, oltin medalni moldovalik Sergey Tarnovskiyga topshirdi.

Biroq, Rossiya baydarka va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi hakamlar qaroriga rasman norozilik bildirdi. Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi shikoyatni asosli deb topdi va oltin medalni Petrovga qaytarishga qaror qildi. U 1 daqiqa 47,293 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Zaxar Petrov 22 yoshda. Samarqand shahrida eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida u 1 km masofaga Ivan Dmitriyev bilan juftlikda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rossiyaliklar musobaqada betaraf maqomda ishtirok etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: