Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi

O‘zbekiston 07:11 / 24.08.2024 5851

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:33 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 39,82 gradus shimoliy kenglik; 71,39 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • So‘x tumanida 2-3 ball, 37 km;
  • Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km;
  • Rishton tumanida 2 ball, 62 km;
  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 71 km;
  • Quvasoy shahrida 2 ball, 72 km;
  • Oltiariq tumanida 2 ball, 72 km;
  • O‘zbekiston tumanida 2 ball, 73 km;
  • Bag‘dod tumanida 2 ball, 76 km;
  • Marg‘ilon shahrida 2 ball, 76 km.
Ko‘proq yangiliklar: