“Bir bolaga 500 mingdan 1 mlngacha” – o‘zbekistonliklar maktab bozoriga qanday tayyorlanishyapti?

O‘zbekiston 17:27 / 24.08.2024 5355

Maktab boshlanishiga oz fursat qoldi. Bolalarini yetaklagan ota-onalar bozorlarni to‘ldirgan. O‘quv qurollari va maktab formasining savdosi avjida. Kun.uz muxbiri Toshkentdagi Bek-baraka bozorida bo‘lib, xaridor va savdogarlarning fikrlarini o‘rgandi.

Kun.uz bilan suhbat bo‘lgan aksariyat yurtdoshlarimiz bir nafar bolaning kiyim-kechagi uchun o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha sarflanayotganini, o‘quv-qurollariga esa 200-300 ming so‘m ketayotganini bildirishdi.

O‘quvchilar kiyim-kechagi uchun nimalar olyapsiz? Necha pul sarflayapsiz?

Bir bolaga 1 mln so‘mdan sarfladik. Kofta-yubka, oyoq kiyim, sumka, mayda-chuydalar oldik. Xitoy, O‘zbekiston mahsulotlarini aralashtirib olyapmiz. Narxlar arzon, bo‘ladi, o‘rtacha”, – deydi onalardan biri.

Shim, oq ko‘ylak oldim, kostyum olmadim. Oyoq kiyimlar bilan bir bolaga 800 ming so‘mlar bo‘lib qoldi. Asosan o‘zimizning tanishlar bo‘lgani uchun Farg‘onadagi ishlab chiqarishlardan, o‘zimizdan oldik”, – deydi muxbir bilan suhbatlashgan otalardan bir.

Oq ko‘ylak va shimlar 60 ming so‘mdan, jami 120-140 ming so‘m bo‘ladi”, – deydi o‘quv qurollari sotuvchi o‘quvchilardan biri.

[Oq ko‘ylaklar] 200-300 ming so‘m bo‘lyapti, agar 2 talab olishsa, 500 ming so‘mga boryapti. Bularning ichiga oq ko‘ylak, kamar, shim va galstuk, mayka – hamma narsa kiradi. Oldindan Xitoy tovarlari ko‘p sotilib kelgan, hozir ham ko‘p ketadi. Narxlari o‘rtacha, olsa bo‘ladi, qimmatmas”, – deydi bir sotuvchi erkak.

Hozirning o‘zida 2 nafar farzandimga 2,5 mln so‘m ketdi. Maktab forma, daftar-kitob – hamma narsasini oldik. Ko‘proq Xitoy yoki Turkiya mahsulotlarini olaman, o‘zimiznikini uncha olmayman. Chetniki baribir qimmat, qimmat bo‘lsa ham yaxshiroq baribir”, – deydi yana bir ona.

2 nafar bolaga 1-1,5 mln so‘mlar ketadi, faqat kiyim-kechak uchun. O‘quv-qurollari alohida. Kiyim-kechaklar arzon”, – deydi sotuvchi ayol.

Shuningdek, so‘rovnomada ota-onalar o‘quv qurollarini qanchaga xarid qilishayotgani bo‘yicha ham gapirib o‘tgan. Videoning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: