Xitoy Farg‘onada muqobil energiya ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston 14:34 / 23.08.2024 1505

Viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan Farg‘onada energetika sohasidagi yirik loyihalarga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotda viloyat rahbariyati kompaniyaning energetika sohasidagi ilg‘or tajriba va yutuqlarini e’tirof etib, hududda quyosh panellari o‘rnatish hamda yirik korxonalarga quyosh panelli quvvatlagichlarini o‘rnatib berishda hamkorlik qilish istiqbolli ekanligini ta’kidladi.

O‘zaro hamkorlik doirasida hududlarda ixcham podstansiyalar qurish taklifi ilgari surilib, viloyatdagi sanoat zonalari, xususan, O‘zbekiston tumanida joylashgan "Sho‘rsuv" sanoat zonasi haqida ma’lumot berildi. Kompaniya mutaxassislari ushbu sanoat zonasi imkoniyatlarini o‘rgangan holda o‘z loyihalarini joylashtirish mumkinligi aytildi.

Ezgu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullar biriktirilib, kompaniya vakillari bilan birgalikda sanoat zonasini o‘rganish va istiqbolli loyihalar bo‘yicha ish boshlash bo‘yicha kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: