Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklardan xavfsizlik choralarini ko‘rish so‘raldi

O‘zbekiston 18:18 / 23.08.2024 8582

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan vatandoshlarni xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Qayd qilinishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya aeroportlarida xorijliklarning hujjatlarini bir necha soatlab tekshirish holatlari kuzatilgan.

«Bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda», deyiladi xabarda. Muammolar mazmuniga aniqlik kiritilmagan.

Agentlik «Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani» munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlardan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘ramoqda.

Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligi veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: