Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar 539 mlrd so‘mga ko‘payib, 50,4 trln so‘mni tashkil qildi. Bu rekord ko‘rsatkichdir.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank pul agregatlari haqida taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda keng ma’nodagi pul massasi iyul oyida 5,7 trln so‘mga ortib, 1 avgust holatiga 242,2 trln so‘mga yetgan.
Xususan, milliy valutadagi pul massasi 6,5 trln so‘mga ko‘payib, 186,9 trln so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, chet el valutasidagi depozitlar qoldig‘i 778 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, tor ma’nodagi pul massasi 2,3 trln so‘mga oshgan.
Xususan, iyul oyida muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig‘i 539 mlrd so‘mga ko‘payib, 1 avgust holatiga 50,4 trln so‘mni tashkil etgan. Bu rekord ko‘rsatkichdir.
Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldig‘i 4,8 trln so‘mga ko‘paygan. Milliy valutadagi boshqa depozitlar esa yil davomida 17,2 trln so‘mga, iyul oyida esa 4,2 trln so‘mga oshgan.
Keng ma’nodagi pul massasiga — naqd pullar, boshqa nomoliyaviy va moliyaviy tashkilotlardagi talab qilib olingungacha bo‘lgan milliy va chet el valutasidagi jamg‘arma hamda depozitlar kiradi.
Tor ma’nodagi pul massasiga — muomaladagi naqd pullar va milliy valutadagi talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar kiradi.
Naqd pulga talab oshishiga uzoq muddatli omillar (iqtisodiy o‘sish, demografik o‘zgarishlar va moliya sektorining rivojlanishi) bilan bir qatorda, mavsumiy iqtisodiy faollikning oshishi, chet eldan pul o‘tkazmalari ko‘payishi, valuta kurslari barqarorligi kabi omillar ham ta’sir qiladi.
Tahlil va kuzatuvlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aprel-may oylaridan boshlab iqtisodiy faollik jadallashuvi (to‘y va shunga o‘xshash marosimlar soni ko‘payishi, qurilish ishlari tezlashishi, yozgi pishiqchilik, dam olish va ular bilan bog‘liq xarajatlar ortishi) naqd pulga bo‘lgan talabni oshiradi va ushbu tendensiya noyabr oylariga qadar davom etadi.
Noyabrdan mart oyigacha bo‘lgan davrda muomaladagi naqd pul hajmi sezilarli darajada kamayadi.
Aprel-noyabr oylarida chet eldan pul o‘tkazmalari ko‘payishi bilan aholi tomonidan valuta sotuvi hajmi ham oshib boradi. So‘mning AQSh dollariga nisbatan qadri mustahkamlanishi yoki barqarorligini saqlab turishi sharoitida ushbu tendensiya yanada jadallashadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bema’ni uydirma». Makron rafiqasini erkak deb atagan ayolni sudga berdi
Jahon | 16:52
-
“Siz xalqimiz uchun yashayapsiz” - Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi
Iqtisodiyot | 15:47
-
Daraxtlar kesilishi sizga qanday ta’sir qilyapti? Ijtimoiy so‘rov
Jamiyat | 15:33
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025