Bayden va Netanyahu Qohiradagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

Jahon 10:33 / 22.08.2024 1210

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon suhbatida Qohirada o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi, shuningdek, Isroilni Vashingtonning doimiy qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi, deyiladi chorshanba, 21 avgust kuni Oq uy saytida chop etilgan bayonotda

Amerika prezidenti va Isroil bosh vaziri AQShning Eron tahdidlari, jumladan Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan husiychilar, shuningdek, Hamas va «Hizbulloh» guruhlariga qarshi Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildi. Qayd etilishicha, suhbatda AQSh vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris ham ishtirok etgan. 

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida Hamasga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 40 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: