AEXA rahbari Moskva taklifiga ko‘ra Kursk AESga tashrif buyuradi

Jahon 08:08 / 22.08.2024 3875

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi energetika obektiga zarar yetkazish xavfi ortishi sababli Kursk atom elektr stansiyasi (AES)ga tashrif buyuradi. 21 avgust, chorshanba kuni chop etilgan Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Grossi kelasi hafta Moskva taklifiga binoan Kurskka atom elektr stansiyasi rahbariyati bilan vaziyatni muhokama qilish va stansiyaga ehtimoliy hujumlar haqida dalillar to‘plash uchun kelishini aytdi.

Hozir Kursk atom elektr stansiyasi texnik jihatdan Ukraina qurolli kuchlari (UQK)ning «artilleriyasi yetadigan masofada», deb ta’kidladi Grossi. «Va janglar davom etayotganidan men juda xavotirdaman», deya qo‘shimcha qildi u. AEXA rahbari, shuningdek, bugungi kunda Kursk yaqinidagi stansiyada to‘liq ishlaydigan ikkita yadro reaktori Chernobil AES reaktorlari bilan o‘xshash tuzilishga ega ekanligini eslatdi. «Reaktor yadrosi butunlay ochiq, men bir nechta bunday stansiyalarda bo‘ldim, siz aylanib yurib, yon-atrofda yonilg‘i elementlarini ko‘rishingiz mumkin», - deya tushuntirdi ekspert atom elektr stansiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berish xavfini baholab. 

Rossiya Kursk AESda Ukraina raketalari bo‘laklari topilganini e’lon qilgan

«Rosatom» 8 avgust kuni Kursk atom elektr stansiyasi hududida urib tushirilgan raketalarning parchalari topilgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, davlat korporatsiyasi atom elektr stansiyasi va energetika infratuzilmasi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qqa tutilishi faktlarini tasdiqlamadi. Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishni rejalashtirmagani va hujum qilishni xohlamasligini ma’lum qilgandi. 

Kursk atom elektr stansiyasi Kurskdan 40 km g‘arbda joylashgan. U Rossiyadagi eng yirik stansiyalardan biri. AES to‘rtta energiya blokidan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi Ukraina qurolli kuchlarining mintaqadagi faol harakatlari fonida ishlashda davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: