Yaponiya Mudofaa vazirligi kelgusi yil uchun rekord darajada budjet so‘raydi

Jahon 19:44 / 21.08.2024 1849

Yaponiya Mudofaa vazirligi 2025 yilning aprelida boshlanadigan kelgusi moliyaviy yilda rekord darajada — 8,4 trillion iyena (57,5 milliard dollar) budjet olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Nippon nashri.

Qayd etilishicha, kelgusi moliyaviy yildagi mudofaa xarajatlari mamlakat tarixidagi eng katta ko‘rsatkichga chiqishi mumkin. Joriy yilda bu boradagi xarajatlar 7,94 million iyenani (54,3 milliard dollarni) tashkil etmoqda. Shunday qilib, mamlakat mudofaa budjeti 5,78 foizga oshadi.

Tokio 2022 yilda yangilangan milliy xavfsizlik strategiyasini tasdiqlagan edi, uning doirasida mudofaa xarajatlari 2027 yilga qadar YaIMning 2 foiziga yetkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, NATOga a’zo boshqa davlatlar ham shu kabi rejani qabul qilgan. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida belgilangan muddatga qadar harbiy ehtiyojlar uchun budjetni 8,9 million iyena (60,9 milliard dollar) bilan moliyalashtirishni buyurgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi budjeti joriy moliyaviy yilda taxminan 20 foizga qisqartirilishi aytilgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap qurolli kuchlarni modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi budjet moddalari haqida ketmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: