Shotlandiyadagi SaxaVord Spaceport kosmodromida o‘tkazilgan sinov vaqtida raketa dvigateli portlab ketdi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, ushbu kosmodrom o‘tgan yili raketalarni vertikal uchirish bo‘yicha litsenziyaga ega Britaniyadagi birinchi maydonchaga aylangan.
Hodisa yuz bergan joydagi kadrlarda Shotlandiya shimolidagi Shetlend orollarida kuchli portlash yuz bergani tasvirlangan. SaxaVord Spaceport hamda uning Germaniyadagi sherigi Rocket Factory Augsburg’ning (RFA) ma’lum qilishicha, sinovdan oldin obektdan barcha olib chiqilgani bois, hech kimga jarohat yetmagan.
RFA’ga ko‘ra, mas’ullar sinov vaqtida yuz bergan holatga oid muammoni hal etish uchun ma’lumot to‘plamoqda.
SaxaVord Spaceport Britaniyada orbitaga vertikal uchirishni amalga oshirgan birinchi maydonchaga aylanish umidini so‘ndirgani yo‘q. U aprel oyida nazorat organlaridan xavfsizlik bo‘yicha muhim litsenziyani olgan edi.
Maydoncha yiliga 30 ga yaqin uchirishlarni amalga oshirishi mumkin. U yerdan kosmosga sun’iy yo‘ldoshlar va foydali yuklarni uchirishda foydalaniladi.
Buyuk Britaniya kosmik sanoati 17,5 milliard funt sterlingga baholanadi, u yerdagi 2,2 mingta kompaniyada 48,8 ming kishi faoliyat yuritadi. «Kornuoll» kosmodromi litsenziya olgan mamlakatdagi birinchi kosmodrom hisoblanadi, ammo uning raketalari samolyot yordamida gorizontal uchiriladi.