Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tog‘larda sayyohlar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘ib, yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirdi. Siyosatchi bu jarayon aks etgan videoni Facebook sahifasiga joylashtirdi.
«Tabiatga befarq bo‘lmaylik, bir-birimizni nazorat qilaylik, tarbiyalaylik, o‘rnak bo‘laylik», dedi Japarov.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, «kimdir, qayerdandir kelib» tartib-intizom o‘rnatib bermaydi. Japarov, shuningdek, mamlakat fuqarolarini bir kun bilan yashamaslikka chaqirdi.