NYT: Jo Bayden mart oyida «maxfiy yadroviy strategiyani» ma’qullagan

Jahon 23:35 / 21.08.2024 2522

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat qurolli kuchlarida Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan yadroviy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb yozadi The New York Times (NYT).

Nashrning qayd etishicha, Oq uy rahbari mart oyida «Xitoy tahdidiga qaratilgan maxfiy yadroviy strategiyani» ma’qullagan.

Ma’qolada keltirilishicha, Bayden birinchi marta Xitoy o‘zining yadroviy texnologiyasini jadal kengaytirayotgani va «qurollashtirish»ni kuchaytirayotganiga e’tibor qaratgan holda AQShning cheklash strategiyasini qayta ko‘rib chiqqan.

Shu bilan birga, nashr Oq uy Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan ehtimoliy yadroviy chaqiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ishlab chiqilgan «Yadroviy qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» prezident tomonidan ma’qullangani haqida oldinroq ma’lum qilmaganiga e’tibor qaratgan.

Har to‘rt yilda yangilanib turadigan hujjatning elektron nusxasi mavjud emas, chunki u «o‘ta maxfiy» hisoblanadi, chop etilgan nusxalari esa kuch tuzilmalari va Pentagondagi sanoqli shaxslarga tarqatilgan.

Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyning yadro qurollari zaxirasi 2030 yilga borib 1000 birlikka, 2035 yilda esa 1500 birlikka ko‘payadi. Mutaxassislarning aytishicha, Xitoy hozir zaxiralarni bashorat qilinganidan tezroq to‘plamoqda. Shuningdek, Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini ikki baravar oshirgan va AQSh hozirda mamlakatda 60 birikdan ortiq qurol borligini taxmin qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: